INDIGOID BO’YOQLAR
INDIGOID BO’YOQLAR — tuzilishi jihatdan indigo (Nil bo’yog’i) ga yaqin bo’lgan bo’yoqpar guruhi. Indigoid bo’yoqlar trans shaklda tuzilgan bo’lib, ultrabinafsha nur ta’sirida ular rangi yorqinlashadi; qorong’uda esa buning aksi kuzatiladi. Indigoid bo’yoqlarning aksarisi beqaror bo’yoqlar bo’lib, ularning ayrimlarigina mustahkam bo’yoqlarga qo’yilgan talablarga to’la javob beradi. Tsellyuloza va oqsil tolalarini bo’yashda, chitga gul bosishda ishlatiladi.