Individual ong
Individual ong — ayrim shax- Sning ongi; davr, sinf, millat va, shu- ningdek, individual hayot sharoitlari ta’sirida shakllangan shaxsning ma’na- viy dunyosi. I. o. ijtimoiy ong b-n uz- viy bog’langan, chunki har bir shaxs muay- Yan jamiyatda, muayyan ijtimoiy muhitda yashaydi, shuning uchun uning ongi ij- timoiy ongning ifoda-sidir. Ammo I. o. ijtimoiy ongdan ajralmas bo’lsada, har doim ham ijtimoiy ongning ma’- lum bo’lagi bo’lavermaydi. Har bir shax- Sning vokelikni idrok etishi, uni qabul qilishi, ma’lum bilimlar tizimiga ega bo’lishi ijtimoiy taraqqiyot b-n izohlansa-da, uning o’ziga xos tomonlari mavjud. Buni kishilarning bilimi, xul- Qi va b. xususiyatlaridagi har xillikda ko’ramiz. O’z navbatida ijtimoiy ong I. o.ning muhim umumiy tomonlarini aks ettiradi. I. o. ijtimoiy hayotni tadqiq etishda, tarixda shaxsning roli- ni aniqlashda, ta’lim-tarbiya masalala- rini to’g’ri hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi.