INDRAPRASTHA
INDRAPRASTHA, Indrapat — qadimgi hind shahri; taxminan hozirgi Dexli o’rnida joylashgan. «Mahabharata» ga ko’ra, Pandavlar urug’i tomonidan barpo etilgan. Rivoyatlarga ko’ra, Kuru urug’idan bo’lgan shoxlar, Hastinapur shahrini Gang daryosi yuvib ketib shahar vayron bo’lgach, Indraprasthani o’z poytaxtlariga aylantirishgan. Manbalarga ko’ra, Indraprastha kattaligi jihatidan faqat Kashi (qadimgi Banoras) dan keyin turgan. Milodiy 2-asr Indraprasthada Ptolemey Indrabara shahrini qayd etib o’tgan, uni Indraprastha bilan aynan deyish mumkin. So’nggi yillarda hind arxeologlari Purana Kila shahri xarobasida qazishma ishlari olib borishmoqda. Rivoyatlarga ko’ra, Indraprastha shu yerda joylashgan.