Infantilizm
Infantilizm (lot. infantilis — bolalarcha) — kattalarda ilk bolalik davriga xos bo’lgan morfologik, fizio- logik va ruhiy hislatlarning saqlanib qolishi b-n ifodalanadigan klinik sindrom. I.ning sabablari, qaysi a’zo yoki sistema etilmaganligi, ko’rinish alomatlari va b.ga ko’ra bir necha turi farq qiladi. I. tug’ma bo’lishi yoki o’sish davridagi har xil kasalliklar (sil, qizamiq), turli zaharlanishlar, inki sekresiya bezlari va miya kasalliklari, tomirlardagi nuqsonlar sababli kelib chiqishi mumkin. I.ning yaqqol belgi- si — pakanalik, odamning bo’y-basti ko’pincha bolalarga xos bo’lib qoladi. Ikkilamchi jinsiy belgilar, tashqi va ichki jinsiy a’zolar ham tuzuk ri- vojlanmay qoladi. Bolani yoshligidan sog’lom qilib tarbiyalash, yuqumli kasal- liklardan saqlash, to’g’ri ovqatlantirish, sof havodan bahramand qilish, badan tar-biya b-n shug’ullantirish, o’sishi va rivojlanishiga ko’z-quloq bo’lib turish I.ning oldini olishga yordam beradi.