INFEKTSION MONONUKLEOZ

INFEKTSION MONONUKLEOZ, bezlar isitmasi, Filatov kasalligi — odamning o’tkir infektsion kasalli- gi. Bunda bo’yindagi, jag’ostidagi va b. limfa bezlari shi-shadi, tomoq og’riydi, jigar zararlanadi, qon o’zgaradi. Bi- rinchi marta rus olimi N. F. Filatov tasvirlagan. Kasallikka maxsus virus sabab bo’ladi, deb faraz qilinadi. Bo- lalar va o’spirinlarda ko’proquchraydi; yashirin davri 7-12 kun. Havo-tomchi yo’li orqali yuqadi. Kasallik, odatda, birdaniga boshlanadi, t-ra 39-40° gacha ko’tariladi, bosh qattiq og’riydi. Mur- tak bezlari oq, sarg’ish karash boylaydi, shundan keyin limfa bezlari (ba’zan taloq ham) kattalashadi. Isitma 20-25 kun davom etadi. Bemor mumkin qadar ertaroq vrachga murojaat qilib, davola- nishi kerak. Oldini olish: bemor isitma- si qaytguncha boshqalardan ajratib qo’yiladi.