INFORMASION TILLAR

INFORMASION TILLAR, informasion-qidirish tilla- ri — informasiya qidirish va in- formasiyamantiq tizimlarida semantic informasiya, faktlar va ma’lu-motlarni tavsiflash maqsadida ishlatiladigan sun’iy tillar. I. t. mu-ayyan mazmun- ni mexanizmlarga (mas, EHM yordamida qayta ishlash maqsadida) bevosita uza- tish uchun makbul shaklda ixcham va aniq ma’noni yozib olish vositasi hisoblanib, odam-ma-shina munosabatlarini ifoda- laydi. Undan foydalanuvchilar ma’lu- motlar bazasi va informasion tizim- lar b-n o’zaro munosabat tili yordamida ma’lu-motlarni aniq belgilab oladilar va tizimga kiritadilar, tizimdan esa turli ma’lumotlarni so’rab oladilar. I. t. so’rab oluvchi tilning xususiy, eng birinchi paydo bo’lgan ko’rinishi bo’lib, informasion-qidirish tezau-ruslari (shu sohadagi barcha so’zlarni qamrab ol- gan lug’at) da, tushuncha va predmetlarning tasniflagichlarida yoki tizim yordamida bevosita avtomatik tuzilgan lug’atlarda namoyon bo’ladi. I.t. da matn atov ran yoki indeks sha- klida bo’lib, qidirilayotgan ma’lumot- larning belgilari hisoblangan tushun- chalargina sanab o’tiladi. Bu til faqat mustaqil so’zlardan, lug’atdan iborat (grammatikasiz) til bo’lishi mumkin, lekin u tushunalar o’rtasidagi sintag- matik va paradigmatik munosabatlar- ni bildiruvchi grammatik vositalarga ham ega bo’lishi mumkin. Bu vositalar n’faqat informasion tizim bo’lgan so’rovlarni shakllantirish, balki EHM ga kiritil(ayot)gan matnlar mazmuni- ni aks ettirish (indeksasiya) vositasi bo’lib ham xizmat qiladi. I. t. dagi ifodalar ko’p jihatdan ta- biiy til ifodalariga o’xshaydi, lekin ularda ma’nolari ayni predmet doi-ra — sidan tashqarida bo’lgan so’zlar, nomun- tazam yoki tahlil qilish qiyin bo’lgan grammatik shakllar va tuzilmalardan foydalanilmaydi. Abduvahob Madvaliev.