INFRAQIZIL NURLANISH
INFRAQIZIL NURLANISH — to’lqin uzunliklari 0,74 mkm dan 1 — 2 mm gacha bo’lgan ko’zga ko’rinmas elektro- magnit nurlanish. Ingliz olimi V. Gershel aniqlagan (1800). I. n. spek- tri shartli ravishda yaqin (to’lqin uz. X=0,74—2,5 mkm), o’rta (2,5 — 50 mkm) va uzok. (50 — 2000 mkm) sohalarga bo’linadi. Moddalarning optik xusu- siyatlari (shaffofligi, nur qaytarish va sindirish koeffisienti) Ultra- binafsha va ko’zga ko’rinadigan nurla- nish spektri sohasi (0,4—0,74 mkm) dan I. n. spektri sohasiga o’tishda ke- skin o’zgaradi. Ko’pgina moddalar ko’zga ko’rinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof bo’lsa, I. n. spektri sohasining ayrim qismlarida shaffof bo’lmasligi (yoki aksincha) mumkin. Mas, bir necha sm kalinlikdagi tiniq suv qatlami to’lqin uz. X >1 mkm bo’lgan I. n. uchun shaffof bo’lmaydi; ko’zga ko’rinadigan nurlar spektri sohasida shaffof bo’lmagan germaniy va kremniy plastinkalari I. n. spektri sohasida shaffof bo’ladi (germaniy uchun «1,8 mkm, kremniy uchun «1,0 mkm); qora qog’oz I. n. spektrining uzok, sohasida shaffof bo’ladi. Ko’zga ko’rinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof bo’lmagan, lekin I. n. spektri sohasida shaffof bo’lgan moddalar I. n. ni ajratishda yorug’lik filtrlari sifa- tida ishla-tiladi. Ko’pgina metallar ko’zga ko’rinadigan nurlanish sohasiga qaraganda I. n. sohasini yaxshiroq qaytaradi, ya’ni ularning qaytarish xususiyati birmuncha yuqori. Mac, A1, Ai, Ag, Si kabi ele- mentlar to’lqin uz. A.= 10 mkm bo’lgan I. n. ning 98% ini qaytaradi. I. n. er at- mosferasidan o’tayotganida yutilishi va sochilishi tufayli uning intensivligi kamayadi. I. n. spektri ultrabinafsha va ko’zga ko’rinadigan nurlanish spektri kabi chiziqli, yo’l-yo’l va uzluksiz bo’ladi. G’alayonlangan atomlar (yoki ionlar) bir holatdan ikkinchi holatga o’tishidagina I. n. spektri chizikli bo’ladi. Mac, si- mob atomlarining nurlanishi I. n. chegarasiga yaqin (X= 1,01 -2,32 mkm) bir necha chizikli spektrdan ibo-rat. G’alayonlangan molekulalar yo’l-yo’l infraqizil spektrda nurlanadi, bu spektr molekulalarning tebranma va ay- lanma harakatiga bog’liq (q. Moleku-lyar spektrlar). Qizdirilgan qattiq jismlar yoki suyukliklarning I. n. spektri uzluk- siz bo’ladi. Lekin uning intensivligi jism (suyuklik) t-rasiga bog’liq. Past t-ra (< 500°) dagi jism nurlanishining I. n. intensivligi deyarli katta emas, shuning uchun unday jism I. n. manbai bo’la olmaydi. Eng ko’p ishlatiladigan I. n. manbai volfram tolali (quvvati 250-1000 Vt) lampalar hisoblanadi. I. n. dan i. t. ishlarida, harbiy maq- sadlarda, tibbiyot va ko’pgina amaliy ma- salalarni hal qilishda foydalaniladi (q. Infraqizil fotografiya, infraqizil qizdirish). I. n. b-n qorong’ida ob’ekt- larni suratga olish, o’chib ketgan xatni tiklash (o’qish), signallarni uzatish va q. k. ishlar bajariladi. I. n.ni qayd qilish uchun qabul qiluvchi issiklik va foto-elektr asboblari, shuningdek, Max- sus fotomateriallardan foydalaniladi. I. n. cho’g’lanish lampalari, gaz-razryadli lampalar nurlanishining ancha qismini, Quyosh nurlarining 50% ga yaqinini tash- kil qiladi; ba’zi lazerlar o’zidan I. n. chiqaradi. Ergash Nazirov.