Ingliz inqilobi

Ingliz inqilobi (17-a.) — EV- ropa miqyosidagi 1-inqilob. Purita- nizm (q. Puritanlar) mustabid tuzum- ga inqilobiy muxolifatning g’oyaviy bayrog’i, uning tashkiliy shakli esa — parlament bo’lib qoldi. Karl I tomo- nidan 1640 y. chaqirilgan parlament ta- rafdorlari b-n royalistlar o’rtasidagi 1-fuqarolar urushi (1642-46) va 2-fuqarolar urushi (1648) davomida o. Kromvel tashkil etgan parlament ar- miyasi Karl I Styuartning Qirollik ar- miyasiga Neyzbi (1645) va Preston (1648) da hal qiluvchi zarba berib, tor-mor etdi. 1649 y. qirol qatl etilib, respublika e’- lon qilindi. 1653 y. harbiy diktatura — Kromvel protektorata o’rnatildi. 1660 y. Styuartlar in-qilobning asosiy yutu- klari (shu jumladan, feodal er egaligi- ni amalda burjua er egaligiga aylanti- rilishi)ni tan olishga rozi bo’lgach, ular hokimiyati tiklandi. 1688-89 y.lardagi davlat to’ntarishi («shonli inqilob») burjuaziyaning davlat hokimiyatidagi mavqeini mustahkamladi.