Injiniring

Injiniring (ing. injineering — ixtirochilik,) muhandislik- maslahat xizmatlari — tijo-ratchilik qoidalariga asoslangan holda i.ch. ni tashkil etishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish va b. yuzasidan maslahat berish. Bu ish b-n Max-sus IX- tisoslashgan I. firmalari, be-vosita yirik sanoat va qurilish firmalari shug’ullanadi, ular bir vaqtning o’zida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. Eksport I. firmalari boshqa mamlakat- larga xizmat ko’rsatadi, mu-rakkab va katta loyihalarni amalga oshiradi. I. firmalari bozorning muhim ishtirok- chisi hisoblanadi. Xalqaro I. xizmati ishning texnik-tashkiliy va tijorat tomonlari ko’rsatilgan kontrakt sha- klida rasmiylashtiriladi. I. mohiyati b-n muayyan pulli xizmatlarga buyurtma- ning bir ko’rini-shidir. I. xizmatla- ri 2 guruhga bo’linadi: i.ch. jarayonini tayyorlash b-n boglis xizmatlar, i. ch. va mahsulotni sotish jarayonini me’yorda borishni ta’minlash bo’yicha xizmat- lar. Xizmat larning birinchi guruhiga loyihaga qadar, loyiha, loyihadan keyingi va maxsus xizmatlar; ikkinchi guruhga korxonani ishlatish, boshqarish jara-yonlarini optimallashtirish va uning mahsulotlarini sotish b-n bog’liq ishlar kiradi. Hoz. davrda I. xizmatlari bozorida asosiy xaridor rivojlanayotgan davlat- lar bo’lsa, sotuvchilar sanoati rivojlan- gan mamlakatlardir.