INJU

INJU (mo’g’ulcha) — o’rta asrlarda Mo’g’ulistonda xotin kishining sepi (qaramog’idagi kishilar bilan birga), shuningdek, chingiziy shahzodalarning ulus mulklari. Masalan, O’qtoyxon Chig’atoyxonga Movarounnahrni 1239 yil Inju tarzida bergan. Hulokuiylar davlati xududida Inju — shaxsan xon va xonzodalarga tegishli yerlar (Arab, xossa, xoss inju shundan). Inju, shuningdek, turli unvondagi kishilarni, masalan, Elxon, uning xotinlari yoki shahzodalarga mansubligini (ba’zan ularning yer-mulklari bilan birga) anglatgan.