INKOR

INKOR — ketma-ket kelayotgan 2 bosqich (holat) o’rtasidagi bog’liqlik va vorislikni ifodalovchi falsafiy tushuncha. Inkor — ob’yektning o’zgarishi sharti bo’lib, unda ba’zi elementlar shunchaki yo’qolmay, balki yangi sifatda sakdanib qoladi. Keng ma’noda — biror o’zgarish, taraqqiyotni o’z ichiga oluvchi muhim bosqich, lahza (moment)ni ifodalaydi. Olamdagi har qanday o’zgarishda, albatta, Inkor lahzasi bo’ladi, uni chetlab o’tish mumkin emas. Masalan, taraqqiyotning istalgan bir bosqichi ikkinchi bosqich uchun zamin tayyorlaydi. Inkor tushunchasi inkorni inkor qonunining eng muhim belgisi, yangi bilan eskini bog’lovchi asosiy bo’g’in hisoblanadi.