INNОVATSIYA JARAYONI

INNОVATSIYA JARAYONI — yangilik g’oyasini rivojlantirishdan uning pirovard iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishigacha bo’lgan mantiqiy izchillikda harakatlanuvchi jarayon. Bu yangilikning ilmiytexnik, ishlab chiqarish-iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy salohiyatini yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish jarayonidir. Innovatsiya jarayonining quyidagi bosqichlari mavjud: yangilik yaratish, uni o’zlashtirish, tarqatish va takomillashtirish.