Inoyatov Hidoyat
Inoyatov Hidoyat (1913 — Toshkent — 1938.5.10) — O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tashkilotchisi. Yoshlar hamda mudofaaga ko’maklashuvchi tashki- lotlarda ishladi. Parashyut va planer sporti to’garaklari, sport shaharchalari tashkil etdi. O’zbek futbolchilarini ilk bor xalqaro miqyosga olib chiqdi. 1935 y. Turkiyaga o’rtoklik uchrashuvlari o’tkazish uchun borgan futbol jamoasiga rahbarlik qildi. Respublika jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi raisi Muovi- ni (1938). I. ta-shabbusi b-n armiyaga chaqiriluvchi yoshlar o’rtasida velosiped- da yurish (velomarafon) uyushtirildi. 1935 y. 12 maydan — 14 iyulgacha davom et- gan bu yurishda 5 kishi (hidoyat Inoyatov, Yuzef Eyningis, Abduvahob Ibrohi-mov, Abdurahim Xo’jaev, Vasiliy sha-Lyakin) Toshkent—Jizzax—Samarkand— Bu- xoro—Chorjo’y—Termiz—Du-shanba— O’sh—Andijon —Xo’jand — Toshkent yo’nalishini bosib o’tdi. Ikki haftadan so’ng shu velomarafonchilar Toshkent— Orenburg—Kuybishev—Penza—Rya- zan—Moskva yo’nalishiga otlanadilar (30 iyul — 13 sent.). Besh oy mobaynida jami 7000 km yo’l bosib o’tdilar. Bu teng- siz marafon O’zbekistonda velosiped sportining ommalashishiga sabab bo’ldi. I. Moskvada o’tka-zilgan fizkulturachi- lar kunida Stalinga suiqasd qilmoqchi bo’lgan, deb ayblanadi va otib tashlana- Di. Vafotidan so’ng oqlandi (1958). Tosh- kentdagi 18-bolalar va o’smirlar sport maktabiga I. nomi berilgan. Namangan viloyati yo’llari bo’ylab yosh velosiped- chilarning I. nomidagi xalqaro turniri o’tkaziladi. Axbor Imomxo’jaev.