INOYATOV MIROBID
INOYATOV MIROBID (1889, Toshkent — 1937) — davlat va jamoat arbobi, qatag’on qurboni. 1916 y. Turkistondagi milliy ozodlik harakatida faol qatnashgan. Toshkent eski shahar kengashi ijroqo’mi raisi (1918), Toshkent eski shahar sho’ro kengashi raisi (1919), Turkiston ASSR oziq-ovqat xalq komissari (1920), Turkiston XKSning Moskvadagi Muxtor vakili o’rinbosari (1923), Turkmaniston Moliya xalq komissari (1926), O’zbekiston SSR savdo xalq komissari (1933) vazifalarida ishladi. Keyinroq Tojikiston yer ishlari va moliya xalq komissari etib tayinlandi (1935). Biroq hayotini xalqi, Vatani ozodligi yo’lida sarf etgan Inoyatovga ham «xalq dushmani» tamg’asi bosildi va otishga hukm etildi. 1956 yil oqlangan.