INQILOB

INQILOB, revolyutsiya — tabiatning biron-bir hodisasi, jamiyat yoki ongning rivojlanishida ro’y beradigan chuqur sifat o’zgarishi (masalan, ijtimoiy Inqilob, shuningdek, geologiya, sanoat, fan- texnika, madaniyat, fizika, falsafa va hokazodagi Inqilob). Inqilob so’zi ko’pincha ijtimoiy-siyosiy tuzumni qo’qqisdan, zo’rlik bilan o’zgartirish ma’nosida ishlatiladi, u asta-sekin, evolyutsion tarzda o’zgartirishlarning aksidir.