INQILOB
INQILOB, revolyutsiya — jamiyatning rivojlanishida ro’y beradigan chuqur sifat o’zgarishi (masalan, ijtimoiy Inqilob). Inqilob so’zi ko’pincha ijtimoiy-siyosiy tuzumni qo’qqisdan, zo’rlik bilan o’zgartirish ma‘nosida ishlatiladi. U asta-sekin, evolyutsion tarzda o’zgartirishlarning aksidir.