INQIROZ

INQIROZ (yun. qaror, hukm, qat‘iy yakun) — taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday tizim (obyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga o’tish jarayoni Inqiroz davri deyiladi. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma‘naviy sohalardagi Inqirozlar, odatda, mustaqil ro’y beradi, ba‘zan esa hammasi kompleks tarzda baravar bo’ladi. Bunday holda jamiyatning umumiy Inqirozi boshlanadi. 1) kelishmovchiliklar, salbiy hodisalar va tendensiyalar bir-biri bilan bog’liq bir holatdan ikkinchi holatga o’tish. 2) biror narsaning jiddiy yetishmasligi, biror holatdagi jiddiy qiyinchilik; 3) manfaatdor tomonlarning asosiy boyliklari, manfaati va maqsadlariga jiddiy xavf yuzaga keltiradigan davlat ichidagi yoki xalqaro vaziyat; 4) haroratning keskin pasayishi va kasallikning barcha belgilarining yo’qolishi va bu bilan bog’liq bo’lgan kasallik davomidagi o’zgarish.