«INSHO»
«INSHO» — Xorazmshoxlar va saljuqiylardan Sulton Sanjar davri (1118-57) tarixiga oid rasmiy hujjatlar to’plami. Hujjatlarning aksariyati Sulton Sanjar huzuridagi saroy shoiri, kotib Muntajabiddin Badi’qalamiga mansubdir. To’plamda Bag’dod xalifasining vaziriga Xorazmshoh Elarslon nomidan uning kotibi Rashididdin Votvot yozgan noma ham bor. Manba 14-asrda ko’chirilgan. «Insho» dagi ba’zi hujjatlar rus sharqshunosi V. R. Rozen va V. V. Bartold tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. 1950 yilda «Insho» Abbos Iqbol tomonidan Tehronda to’la nashr qilingan «Insho» ning bir nusxasi Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.