INSON HUQUQLARI TO’G’RISIDA PAKTLAR

INSON HUQUQLARI TO’G’RISIDA PAKTLAR — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1966-yil 16-dekabrda qabul qilgan paktlar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida xalqaro pakt hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida xalqaro paktdan iborat. Ular xalqaro shartnoma kuchiga ega bo’lib, davlatlarning o’z yurisdiksiyasida bo’lgan shaxslarga muayyan huquqlarni berish yuzasidan majburiyatlarini belgilaydi, Inson huquqlari to’g’risida paktlarga qo’shilgan har bir davlat tomonidan tegishli qonun va boshqa tadbirlarni joriy etish orqali amalga oshiriladi.