INSON KAPITALIGA INVESTITSIYA QILISH
INSON KAPITALIGA INVESTITSIYA QILISH — odatda, malakaviy qobiliyatni, demakki, mehnat unumdorligini oshirishga yo’naltirilgan har qanday xarajat tushunilib, u ta’lim olishga oid xarajatlarni, ish qobiliyati va mehnat unumdorligini ta’minlaydigan sog’liqni saqlashga ketadigan xarajatlarni va ishchi kuchini unumsiz yerlardan yuqori unumliyerlarga kо’chirishga, ya’ni harakatchanlikka qilinadigan xarajatlarni o’z ichiga oladi. Ushbu investitsiyalar xodimlarning malakasini oshirish va layoqatlarini rivojlantirishga oid investitsiyalardir. Ular, asosan, xodimlarni o’stirish va malakasini oshirishga, qayta o’qitishga sarf qilinadi, pirovard natijada esa ishlab chiqarishning muhim omili — ish kuchining sifati oshadi va ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorlikka erishadi.