INSONPARVARLIK YORDAMI

INSONPARVARLIK YORDAMI — aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo’llab-quwatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq maqsadli beg’araz ko’maklashish. Insonparvarlik yordami dori vositalari va tibbiy ahamiyatga molik buyumlar, xalq iste’moli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan, asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek, ixtiyoriy ravishdagi xayr-ehsonlar, bajarilgan ishlar va xizmadar, shu jumladan, insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tariqasida beriladi hamda O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolatli tashkilotlar orqali taqsimlanadi