INTELLEKTUAL MULK (AQLIY MULK)
INTELLEKTUAL MULK (AQLIY MULK) — ijodiy aqliy mehnat mahsuli. Fan, adabiyot, san’at va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, asarlari, jumladan, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, EHM uchun dasturlar, berilmalar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, savdo sirlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqalar aqliy mulk obyektlariga kiradi.