INTENDANT
INTENDANT (Fransuzcha intendant — boshqaruvchi, mudir) — 1) 15-18-asrlarda Frantsiyada davlat boshqaruvining alohida sohasi (savdo, moliya va boshqalar)ni boshqargan mansabdor shaxs; 17-18-asrlarda, shuningdek, sudpolitsiya, moliya va ba’zi joylarda qisman harbiy hokimiyatni boshqargan viloyat Intendantlari ham mavjud bo’lgan; 2) qurolli kuchlarda qo’shin ta’minoti masalalarini hal qiluvchi shaxs. 17-asrdan Frantsiya, Germaniya, Avstro-Vengriya, Rossiya, sobiq sho’ro qurolli kuchlari (1940-55, 1958-59) va boshqa davlat armiya va flotlarida ham mavjud bo’lgan. O’rta Osiyo harbiy tarixidagi yurtovul, yurtchi, mo’g’ullardagi cherbi istilohlari Intendantga taxmin mos keladi.