Interferentsiya

Interferentsiya (lot. inter — o’zaro va ferens — ko’tarish, urilish) — to’lqinlarning fazoda ustma-ust tushib qo’shilgan holda bir-birini kuchaytiri- shi yoki susaytirishi. Tabiatidan qat’i nazar hamma to’lqinlar (akustik, yorug’lik, elektr va b.)ga xos holat. Shuning uchun ham umumiy holda to’lqinlar I.si, Xu- susiy holda yorug’lik I.si o’rganiladi. To’lqin kogerent va bir xil qutblangan bo’lsa, to’lqin I. hodisasi hosil bo’ladi (q. Kogerentlik, Kutblanuvchanlik). Bir xil chasto-tali bir xil qutblangan ikki garmonik to’lqinlarning qo’shilishi od- diy holatdagi to’lqin I.siga misol bo’la oladi. Issiklik manbalaridan chiqqan koge- rent bo’lmagan to’lqinlar ham I.ni hosil qiladi. Mas, astronomik katta telesko- plarda yulduzlardan kelgan yorug’liklar I.sini kuzatish mumkin. Bunga sabab, yulduzlardan tarqalayotgan yorug’liq to’lqinlari o’z manbaidan uzoqlashgan sari, uning fazaviy kogerentlik da- rajasi R/r ga proportsional ravishda oshadi (R — yorug’lik manbaigacha bo’lgan masofa, g — manba o’lchami). Issiqlik manbalaridan chiqqan to’lqinlar manba- dan qancha uzoklashsa, ular shuncha yassi to’lqinlarga yaqin bo’ladi. Lekin yorug’lik intensivligining susayishi h/R2 tarzda bo’lgani uchun ularning yorug’lik I.sini qayd qilish juda sezgir teleskoplarni ta-Qozo etadi (q. Yorug’lik interferentsi- yasi).