Interferometr
Interferometr (interferen- tsiya va metr) — elektromagnit yoki aku- stik to’lqinlar interferentsiyasi Hodi- sasiga asoslangan o’lchash asbobi. I.ning ishi bitta nurning fazoda ikki (yoki ko’p) kogerent nurga parchalanib, turli yo’nalishda interferentsiya ko’ri-nishni hosil qilishidan iborat. Optik I. keng tarkalgan. Bunga Maykelson I. misol bo’ladi (rasm), bunda eruglikning Pa- rallel nurlari dastasi sirtiga kumush yuritilgan plastinka Px da ikki (/ va 2) nurga bo’linadi; bu nurlar ko’zgu 3H va 32 lardan kaytib to’planib ob’ektiv o ning fokal tekisligida interferentsiyalana- Di. Nurlar dastalarining yo’lini bara- varlash uchun (mas, 1 nur plastina ya, dan ikki marta o’tadi) nur 2 yo’liga plastina P2 o’rnatiladi. 3, (yoki 32) ni ozgina sil- jitilganda interferentsiya polosalar qarash maydonida sezilarli suriladi. Ko’zgu 3, (yoki 32) o’rniga biror detal o’rnatib, interferentsion tasvir bo’yicha detal sirtining sifati to’g’risida mulohaza yuritish mumkin. To’lqin tabi- atiga qarab, I. akustik va elektromagnit to’lqinlar (optik va radioin-terfero- metrlar) uchun moslab yasaladi. Optik I. spektral chiziqlarning to’lqin uzunligi- ni, shaffof muhitlarning yorug’lik sin- dirish ko’rsatkichini, yulduzlarning bur- chak o’lchamlarini, masofalarning mutlaq va nisbiy qiymatini katta aniqlikda o’lchash uchun ishlatiladi. I. sanoatda optik tizim va qismlarning sifatini tekshirish hamda optik detallarning sir-tini kuzatish uchun qo’llaniladi. Me-tallurgiyada esa metall sirtlari- ning tekisligini tekshirishda, shaxta- lardagi metan va karbonat angidrid kon- tsentrasiyasini aniqlashda ham I.dan foydalaniladi.