Interferon
Interferon (lot. inter — o’zaro va ferio — uraman, shikastlayman) — VI- ruslar yoki sintetik polinukleotidlar (q. Nukleotidlar), toksinlar, anti- metabolitlar va b. kirishiga javoban hujayrada hosil bo’ladigan oqsillar guruhining umumiy nomi. I. o’tkir VI- rusli infektsiyadan organizmning aso- siy himoya vositasi hisoblanadi. Suvda eriydigan oqsillarga mansub, mol. m. 30000-160000. Retikulo-endote- lial sistema hujayralarida va limfo- tsitlardz. hosil bo’ladi. I. virusga bevo- Sita ta’sir qilmaydi, balki hujay-Rada viruslarning nuklein kislotalari sin- tezini tormozlovchi antivirus oqsillar hosil bo’lishiga olib keladi. I. yuqori molekulyar faollikka ega. Uning bir necha molekulasi hujayrani himoya qilish uchun etarli bo’ladi, biroq infek- tsiya b-n zararlangan hu-jayraga ta’sir ko’rsatmaydi. I. hayvon turiga ixtisos- lashgan, ya’ni qaysi hayvonda sintez- langan bo’lsa, o’sha hayvon hujayrasiga ta’sir ko’rsatadi, biroq har qanday VI- rusga qarshi faol bo’ladi. I. yoki uning hujayrada hosil bo’li-shini tezlash- tiruvchi moddani organizmga kiritish orqali virusli in-fektsiyaning oldini olish yoki uni davolash mumkin.