INTERNAT MAKTAB

INTERNAT MAKTAB — O’zbekistonda oila, maktab va maktab- dan tashkari ta’lim-tarbiya vazifasini o’taydigan umumiy o’rta ta’lim makta- bi. I.m.da bolalar yashab, tarbiyalanadi va o’qiy-Di (bolalarning bir qismi yak- shanba va kanikul kunlarini uylari- da o’tka-zadi). Ayrim I.m.lar muayyan mutaxassislik bo’yicha ixtisoslashadi, mas, musiqa I.m., sport I.m. Uning yaxshi jihozlangan o’quv binolari, tajriba uchastkalari, i.ch. ustaxonalari, lab.lari va b. bo’ladi. I.m.da ta’lim-tarbiya ish- lari mehnat b-n uzviy bog’langan holda olib boriladi. I.m.ga bolalar ota-ona- lari yoki ularning o’rnini bo-suvchi shax- slarning ixtiyorlari b-n qabul qilinadi. Jismoniy kamchiligi bo’lgan bolalar uchun maxsus I.m. mavjud (q. Maxsus MAK- tablar). I.m.ga, birinchi navbatda, etim bolalar, urush va mehnat nogironlari- ning, yolg’iz yoxud ko’p bolali onalarning bolalari, shuningdek, tarbiyalanish uchun oilasida zarur sharoiti bo’lmagan bola- lar qabul qilinadi. Ota-onali bolalar uchun ota-onadan belgilangan miqdorda haq olinadi; etim bolalar esa to’liq davlat ta’minotida bo’ladi. O’zR da 232 ta I.m. bo’lib, bularda 48 ming 646 bola tarbiyalanadi (2002).