INTIZOM HAQIDAGI USTAVLAR VA NIZOMLAR
INTIZOM HAQIDAGI USTAVLAR VA NIZOMLAR — O’zRda xalq xo’jaligi ba’zi tarmoqlarida va mehnat intizomining buzilishi og’ir oqibatlarga sabab bo’ladigan ayrim ish turlarida mazkur intizomni ta’min- lashga qaratilgan me’yoriy hujjatlar. Xo-dimlarning i. ch.dagi asosiy bur- chlari belgilangan umumiy qoidalar qatori I. h. u. va n.da ham ularni rag’batlantirish hamda intizomiy jazo choralari ko’rsatilgan. I. h. u. va n. qo’llanilmaydigan xalq xo’jaligi boshqa tarmoqlarining xodimlari ichki mehnat tartibi qoidalari bo’yicha ish yuritadi. Shu tarmoqdarning xodimlariga nis- batan qo’llanadigan rag’batlantirish va intizomiy jazo choralari b-n birga I.h. u. va n.da boshqa turlardagi shunday tad-birlar ham ko’zda tutilishi mumkin (O’zbekiston Respublikasi mexnat ko- deksi, 174-180-moddalar).