Intizom nizomi
Intizom nizomi — harbiy in- tizomning mohiyatini, harbiy xizmatchi- larning unga rioya qilish bo’yicha maj- buriyatlarini, rag’batlantirish va inti- zomiy ta’zirlarning ko’rinishlarini, komandirlarning (boshliklarning) ular- ni qo’llash bo’yicha huquqlarini, shuning- dek, taklif, ariza va shikoyatlar berish va ularni ko’rib chiqish tartiblarini aniqlab beradi. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining I. n. O’zbekiston Respubli- kasi Prezidentining 1996 y. 9 okt. dagi Farmoni b-n tasdiklangan. I. n. O’zbekiston Respublikasi Chega-ra qo’shinlari, Milliy xavfsiz- lik xizmati qo’shinlari, ichki ishlar va-zirligining ichki qo’shinlari, boshqa tegishli vazirliklar va idoralarning harbiy xizmatchilariga nisbatan bir xil kuchga egadir. Bundan tashqari, I. n. qoidalari harbiy xizmatdan harbiy ust-bosh kiyib yurish huquqi b-n bo’sha- tilgan fuqarolarga nisbatan harbiy ust-bosh kiyib yurgan paytda o’z kuchiga egadir.