INTRODUKTSION KO’CHATZOR

INTRODUKTSION KO’CHATZOR — iqlim sharoiti boshqacha mamlakat va o’lkalardan keltirilgan qishloq xo’jalik o’simliklarini ekish, o’rganish va ko’paytirish uchun ajratilgan maydon (dala). Ko’chatzordan selektsiya ishida foydalanish uchun boshlang’ich material sifatida ayrim qimmatli xo’jalik belgilariga ega bo’lgan nusxalar tanlab olinadi.