INTRODUKTSIYA

INTRODUKTSIYA (lotincha introductio — muqaddima) (musiqada) — 1) opera, balet, operetta kabi asarlarning muqaddimasi (uvertyura turi). Operada uvertyuradan so’ng ijro etilayotgan bi-rinchi vocal ansambl yoki xorning chiqishi ham Introduktsiya deyiladi; 2) simfoniya, Sonata, kontsert singari asarlardagi 1 — yoki yakuniy qism (final)ning muqaddimasi, vazmin sur’atli bo’ladi. O’zbekiston kompozitorlarining asarlarida ham Introduktsiya uchraydi. Masalan, A. Kozlovskiyning «Ulug’bek» operasi yakkaxonlar, xor va orkestr ishtirok etadigan Introduktsiya bilan boshlanadi.