INTUISIONIZM

INTUISIONIZM (matematikada) — matematika va mantikdagi falsafiy yo’nalish. 20-asr boshlarida golland matematigi Ya. Brauer (1881 — 1966) asos solgan. Intuisionizm ta’limoti bo’yicha aniq matematik fikr (talqin) intuisiya hodisasiga asoslanadi. Ammo Intuisionizm intuitivizmdan farqli ravishda intuisiyani mantiqqa qarshi qo’ymaydi. Intuisionizmchilarning matematika asoslariga nisbatan qo’ygan talablari shunga olib keldiki, matematikaning ko’p bo’limlariga doir ularning talqinlari shu bo’limlarni bayon qilishning an’anaviy (klassik) shakllaridan farq qiladi.