INULIN

INULIN (C6H10Os)n — polsaxaridlar guruhiga mansub organik modda. D-fruktoza polimeri. Kimyoviy tarkibi jihatdan kraxmalta yaqin, ammo kleyster hosil qilmaydi va yod bilan bo’yalmaydi. Chuchmal. Molekulyar modda 5000-6000. Yer noki (topinambur), kartoshkagul, sachratqi va boshqa o’simliklarning, asosan, yer osti qismlarida bor. Kraxmal kabi zaxira uglevod hisoblanadi. Odam organizmi Inulinni oson o’zlashtiradi. Tibbiyotda kraxmal va qand o’rnida, sanoatda fruktoza olish uchun ishlatiladi.