INVARIANTLIK
INVARIANTLIK — ob’yektning ma’lum o’zgartirgichlarga yoki fizikaviy sharoitlarga nisbatan o’zgarmasligi, mustaqilligi. Lorents almashtirishita nisbatan o’zgarmas qolgan kattaliklar Lorents invariantligi deyiladi. To’rt o’lchamli interval shunday kattalikka misol bo’la oladi. Invariantlik tushunchasining muhimligi shundaki, uning yordamida koordinatalar tizimini tanlashga bog’liq bo’lmagan va tekshirilayotgan ob’yektning ichki xossasini tasniflaydigan kattalikni ajratish mumkin. Biror o’zgartirgichga nisbatan fizikaviy tizimlarning harakat tenglamalari invariantligi saqlanish qonuniga bog’liq.