Inversiya nima?
Bu savolga rus kishidan ko’ra inglizning javob berishi ancha oson: ingliz tilida inversiya — nima haqdadir hikoya qilinayotgan darak gapdan so’roq gap yasashga imkon beradigan o’ta muhim sintaktik usuldir. Odatda so’zlarning to’g’ridan-to’g’ri tartibi bilan so’zlar o’rni almashib, boshqacha joylashgan teskari tartibini farqlaydilar. So’zlarning bunday o’rin almashinuvi esa inversiya deb ataladi. Taniqli rus tili tadqiqotchisi A. M. Peshkovskiy «ya vecherom priexal domoy» gapi 120 variantda so’zlar o’rni almashtirilishiga yo’l qo’yishini isbotlagan. Basharti, har bir o’rin almashtirishi faqat butun gapning umumiy ifodasini saqlagan holda u yoki bu tarzda mazmun ottenkalarini o’zgartiradi. Odatda so’zlarning o’rni ayni paytdagi mushohada uchun eng asosiysini, ahamiyatlisini ta’kidlash uchun o’zgartiriladi. Faqat ilmiy tilda gap birliklarining o’rni almashmaydi. Ommaviy nutqlarda esa aksincha biz inversiyaga tez-tez duch kelamiz. Ba’zida u hatto bitta va xuddi o’sha so’zni takrorlash bilan atayin ta’kidlanadi. Badiiy adabiyotda so’zlar tartibi ancha erkinroqdir. Ammo bunda ham muallif inversiya yordamida asosiysini ta’kidlaydi, uning fikricha, kitobxon uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan so’zni ajratib ko’rsatadi.