ION ALMASHTIRUVCHI SMOLALAR

ION ALMASHTIRUVCHI SMOLALAR — yuqori molekulali sintetik (polimer) organik ionitlar. Ular eri- maydi, elektrolit eritmalari organik erituvchilarda chegaralangan miqdorda bo’kadi, suvli va suvsiz organik erit-ma- larda ion almashtiradi. Ionitlarning umumiy tasnifga muvofiq, I.a.s. kation almashtiruvchi (polikislotalar), anion almashtiruvchi (poliasoslar) va amfoter yoki bipolyar (poli-amfiliotlar) tur- larga bo’linadi. Kation almashtiruvchi smolalar kuchli va kuchsiz kislotali, anion almashtiruvchi smolalar esa kuch- li va kuchsiz asosli bo’ladi. Smolalarda faqat bir xil ionogen guruhlar (mas, sulfoguruh) bo’lsa — monofunktsional guruhlar deb, har xil ionogen guruhlar bo’lsa — polifunktsional guruhlar deb ataladi. I. a. s. ga erimaydigan polielek- trolitlaraeb qarash mumkin. Poli- valent (ko’p zaryadli) ion mol. katta bo’lganidan amalda qarakatlanmaydi. I. a. s. poli-merlanish, polikondensatla- nish yo’li b-n yoki ionit xossalariga ega bo’lmagan polimerii kimyoviy ishlash yo’li b-n olinadi. I. a. s. suv tarkibi- dagi tuzni ketkazish, Nodir elementlar- ni ajratib olish, organik va anorga- nik sintez mahsulotolarini tozalashda qo’llaniladi.