Ionitlar, ion almashtiruvchilar, ion almashtiruvchi sorbentlar
Ionitlar, ion almashtiruvchilar, ion almashtiruvchi sorbentlar — elek- trolit eritmalarga ta’sir ettirilganda ion almashtira oladigan, tarkibida io- nogen va (yoki) kompleks hosil qiladigan gu-ruxlar tutgan polimer yoki anorganik moddalar. Ko’pchilik I. — amorf yoki kristall holdagi, amalda erimaydigan qattiq moddalardir. Kimyoviy tabiatiga ko’ra, ular organik, anorganik, mineral- organik, kelib chiqi-shiga ko’ra, tabiiy va sun’iy I. ga bo’linadi. Organik I. ga ion almashtiruvchi smolalar, kimyoviy faollashtirilgan ko’mir, torf, tsellyu- Loza, anorganik I. ga alyumosilikatlar (Tse-olitlar, permutitlar) va ko’p valent- li metallarning gidroksidlari, fos- fatlari, tsianidlari misol bo’la oladi. I. elektrolitlar (tuzlar, kislo-talar va ishqorlar) eritmasidan musbat yoki man- fiy ionlarni (kati-onlarni yoki anion- larni) yutib, ularning urniga ushanday zaryadli boshqa ionlarni ekvivalent mikdorda chiqara oladi. Almashinuvchi ionlar zaryadining ishorasiga karab, I. kationitlar va anionitlarga bulinadi. Kationitlarda faol kislota guruh (—SO3H, — soon va b.) bor, ular vodorod ionlarini (yoki musbat zaryadlangan boshqa ionlarni) me- Tall ionlarga almashti-ra oladi. Anio- nitlarda asos xos-salari bor. Aksariyati — tarkibida faol asos guruhi (—NH2, —NH—, Ns) bo’lgan yuqori molekulali polimer birikmalardir; ular gidrok- sil ionlarini (yoki manfiy zaryadlangan boshqa ionlarni) erigan tuz yoki kislota anionlariga almashtira oladi. I. ni bir necha marta ishlatish mumkin. Ular suv- ni yumshatish, tabiiy suvlardan Nodir metallar (oltin, uran, ittriy va b.) ni ajratib olishtsa, oziq-ovqat, kimyo sano- atida turli moddalarni ajratish va to- zalashda qo’llaniladi. Analitik kimyoda, o’ta sof moddalar i.ch. da, biologik faol moddalar, oqsillar, viruslar, DNK va RNK kabi moddalarni ajratishda, shu- ningdek, tibbietda (qonni zaharli mod- dalardan tozalashda) ishlatiladi.