Iordaniya

Ma’nosi

Iordaniya, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi (A1-Mamlaka al-Urduniuah al-Hashimiuah) — yaqin Sharqda, Osiyo- ning g’arbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 91,8 ming km2. Aholisi 5,15 mln. kishi (2001). Poytaxti — Ammon sh. Ma’muriy jihatdan 12 muhofaza (vilo- yat)ga, muhofazalar tumanlarga bo’linadi. Davlat tuzumi. I. — Konstitusi- yali monarxiya. 1952 y. 8 yanv.da qabul qilingan Konstitusiya amal qiladi (keyingio’zgarishlar b-n). Davlat boshlig’i — Malik (podshoh) bo’lib (1999 y.dan Abdulloh II bin Talol), u qonun chiqa-ruvchi va ijrochi hokimiyat sohasida katta huquqqa ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — podshoq va millat Majlisi (parlament); u Senat va deputatlar Pa- latasidan iborat. Senatni pod-shoh 4 y. muddatga tayinlaydi (Senat tarkibining yarmisi har 2 y.da yangilanib turadi). De- putatlar palatasi to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li b-n 4 y.ga saylanadi. Ijro- iya hokimiyatni podshoh o’zi tayinlaydi- gan hukumat — Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiradi. Tabiati. I.ning aksar qismi sharqdan (500 m) g’arbga tomon (1000-1500 m gacha) balandlashib boradigan yassi-tog’likdan iborat. Jan.dagi Ram tog’i — I.ning eng baland nuqtasi (1764 m). Mamlakatning g’arbiy qismida meridian chizig’iga Pa- rallel holda yo’nalgan chuqur botiq voha — Hor (Alhor) va uning davomi Vodiy al-Arab joylashgan. Hor mintaqasida Iordan daryosi vodiysi va ulik dengiz (suv yuzasi dengiz sathidan 395 m past- da) o’rin olgan. Bu mintaqaning har ikki tomo-nida Suriyafalastin tog’lari qad rostlab turadi. Iqlimi — subtropik, quruq iqlim. Yanv.da o’rtacha t-ra 8-14°, iyulda esa 24-30° ga to’g’ri keladi, hor mintaqasi hamda I.ning cho’l qismida t-ra 50° gacha ko’tariladi. Yillik o’rtacha yog’in miqsori mamlakatning g’arbidagi tog’larda 500— 700 mm, sharqida va hor botig’ida 100 mm ni tashkil etadi. Doim oqib turuv- chi daryolari kam bo’lib, quruqo’zanlar va mavsumiy soylar ko’p uchraydi. I.ning g’arbiy qismidagi tog’larda O’rta den- giz qirg’oqlariga xos nabotot xilla- ri o’sadi, da-raxtzor va butazor ko’p. Sharqiy qismida esa, chalacho’l va cho’l o’simliklari, ahyon-ahyonda hurmozorli kichik vohalar uchraydi. I. hayvonot ola- mi uncha boy emas; sirtlon, cho’l tulkisi, to’ng’iz uchraydi. Qushlar, kemiruvchilar va sudralib yuruvchilarning turi ko’p. Azraq milliy bog’i bor. Aholisi. Mamlakat umumiy aholisining 98% arablar; yahudiylar, armanlar, greklar, kurdlar, cherkeslar, chechenlar, dog’istonliklar, o’zbeklar, turkmanlar ham yashaydi. Rasmiy tili — Arab tili. Mamlakat aholisining 90% Islom diniga, qolgan qismi xri- stian va yahudiy dinlariga mansubdir. Aholining 71% shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakatda 5% ga yaqin badaviy- lar bo’lib, ular ko’chmanchi hayot tar-ziga ega. Aholining 70% ga yaqini xizmat ko’rsatish sohasida, 12% i. ch. va tor- shon sanoatida, qolganlari boshqaruv tizimi, ta’lim, savdo, transport va harbiy sohalarda xizmat qiladi. Yirik shaharlari: Ammon, az-Zarqa, Irbid, Al-Xalil. Tarixi. Hoz. I. hududida dastlab xana- aneylarning Somiy qabilalari yashagan. Mil. AV. 1 ming yillikda bu hududning bir qismi Isroil va Yahudiya (Iudeya) podshohliklari tarkibida bo’lgan. Mil. AV. 1ming yillik oxirida qad. Arab dav- lati — Nabateya Podshohligi vujudga keldi. Mil. 2-a.ning 30-y.laridan I. Rim, 4-a.dan Vizantiya imperiyalari, 7-a. dan Arab xalifaligi qo’l ostida bo’ldi. I.da sekin-asta Arab tili va Islom dini tarqala boshladi. 11 — 15-a.larda salib- chilar, Saljuqiylar, Misr mamluklari bostirib kirdi. 16-a.ning boshidan 1918 y.gacha I. Usmonli turk imperiyasi tar- kibida bo’ldi. Mamlakat 1-jahon uru- shi davrida Arab qo’zg’olonchi vatanpar- varlari tomonidan ozod qilindi. So’ng hoz. Suriya hududi b-n birga Amir Fay- sal qo’l ostiga o’tdi (1918). 1920 y.dan I. Britaniya mandatidagi Falastinga qo’shildi. 1921 y. Iordan daryosining Sharqiy qismida Hoshimiylar sulolasi- dan bo’lgan Amir Abdulloh rahbarligida Transiordaniya amirligi tashkil topdi. Uning tashqi siyosati, qurolli kuchlari va iqtisodiyoti ustidan Angliya nazorati o’rnatildi. Hoshimiylar hukmronligini mustahkamlaydigan Konstitusiya qabul qilindi. 2-jahon urushi davrida Trans- Iordaniya Buyuk Britaniyaning yaqin Sharqdagi qarbiy tayanch maydoniga ay- lantirildi. 1946 y. 25 mayda Transior- Daniya I. nomi b-n mustaqil davlat, Amir Abdullox. esa uning podshohi deb e’lon qilindi. 1948-49 y.lardagi Arab-is- roil urushi natijasida Nablus, bayt- Lahm, Quddusning Sharqiy qismi I.ga qo’shib olindi. 1967 y. iyunida Isroil- Ior-Daniya urushi natijasida mamla- katning iktisodiy jiqatdan eng rivoj- langan qismi — 6,6 ming km2 hududini Isroil qo’shinlari bosib oldi. I. — 1955 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplo- Matiya munosabatlari 1993 y. 13 Fev.da o’rnatilgan. Milliy bayrami — 25 may — Mustaqillik kuni (1946). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. I. Xalqbirligi demokratik parti- yasi, 1991 y.dan oshkora faoliyat yurita boshlagan; I. Kommunistik partiyasi, 1943 y.da tuzilgan, 1951 y.gacha Milliy ozodlik ligasi deb nomlangan; Xalq de- mokratik partiyasi, 1989 y.da tuzilgan; Arab sosialistik uyg’o-nish partiyasi (Base), 1947 y.da tashkil topgan, umuma- rab Baas partiyasining mintaqa bo’limi; Islom harakati fronti, 1991 y.da asos solingan. I. kasaba uyushmalari umumiy Federasi-yasi, 1954 y.da tashkil topgan. Xo’jaligi. I. dunyoning rivojla- nayotgan mamlakatlari qatoriga kirib, iqtisodiyoti asta barqarorlashib bo- rayotgan davlatdir. Mamlakat iqtisodiy faoliyatida davlat sektorining kulami katta. Lekin, xususiy mulkchilik ham keng rivojlangan. Davlat sektoriga, aso- san, sog’liqni saqlash, ta’lim, kommunal xizmat, suv va elektr tar-mog’i, trans- port, kommunikasiya va irrigasiya tar- moklari kiradi. I. ikti-sodiyotida xiz- mat ko’rsatish, sanoat, q. x. va sayyohlik sohalari jadal sur’atlarda rivojlana- yotir. I. fosfat va ishqor (potash), mis va marganes zaxiralariga va unchalik yirik bo’lmagan neft konlariga ega. Mamla- katda konchilik, energetika, to’qimachilik sanoatlari rivojlangan. Sanoati I. iqtisodiyotining muhim tarmoklaridan sanaladi. Mazkur tarmoq yalpi ichki mahsulotning 27% ni beradi. Mamlakatda sanoatning konchilik, ener- getika, yoqilg’i, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik tarmoklari rivojlangan. Konchilik sa- noati mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. I. yuqori sifatli fos- forit katlamlariga ega bo’lib, uning za- xirasi 1,5 mlrd. tonnadan ortiq. Yiliga o’rtacha 6-7 mln. tonnadan ko’proq (2000 y.da 10 mln. tonna) fosforit qazib oli- nadi. I. dunyoning bu qimmatli xom ashyo- siga ega bo’lgan 5 asosiy davlat qatoridan joy olgan. Uning yirik konlari Ammon- dan 35 km uzoqlikda bo’lgan Ruseyfa, Al-Xasa va Shaydiyada joylashgan. Ichki bozorda bu mahsulotga ehtiyojning che- klanganligi sababli uning katta shemi eksport qilinadi. Fosforit eksporti bo’yicha u dunyoda AQSh va Maro-Kashdan keyin 3-o’rinda turadi. Mamlakat mine- ral tuzlarga ham boy. Ularning zaxirasi 40,8 mlrd. tonna bo’lib, 1,8 mlrd. tonnasi kaliy xloridga, 6 mlrd. tonnasi kaltsiy xloridga, 11 mlrd. tonnasi osh tuziga to’g’ri keladi. Shuningdek, brom, magniy oksidi ham qazib olinadi. I.da mis ru- dasi (zaxirasi 60 mln. tonna), marganes (zaxirasi 3 mln. tonna), uran (300 ming t), temir rudasi (560 ming t) ham bor. Bu- lardan tashqari, uning eri kaolin, gips, ohaktosh, kvarsli qumlar, dolomit, Ben- tonit, dala shpati konlariga ham boydir. Ular, asosan, ichki ehtiyojlarga sarf- lanadi va bir qismi eksport qilinadi. I.da kimyo sanoati rivojlangan. Aqabada ma’danli o’g’itlar z-Di ishlaydi. Yiliga 200 ming t ftorli alyuminiy eritadi- gan, 300 t uran oksidi ishlab chikara- digan bir necha inshootlar ham mavjud. Kir yuvish sodalari, turli xil sovunlar, sham-punlar hamda yiliga 7 mln. ton- nadan ortiq tsement ishlab chiqariladi. Ro-shadiya, azraq, Holidiya, Fuheysa va b. joilarda tsement z-dlari mavjud. Neft mahsulotlari z-dlarida yiliga 4-5 mln. tonna neft qayta ishlanadi. Bun- Day z-Dlarning eng yirigi az-Zarkada joylashgan. Iordan daryosining vodiy- si, o’lik dengiz atrofi, azraq, Ruseyfa, Sarxon, rish kabi hududlarida bir necha neft konlari bor. Metallni qayta ishlash sanoati key- ingi yillardan rivojlana boshlagan. Bir necha armatura z-Di, yiliga 10— 12 ming t quvur, 8-10 ming t alyuminiy mahsuloti, mayda metall buyumlar (mix, Bolt, halqa kabilar) ishlab chiqaradigan z-dlar bor. I.da sovitkich, gaz plita- lar, akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan z-dlar, kurilish mollari, mebel korxo- nalari ishlab turibdi. I.da dori-darmon, sigareta, kulolchi- lik buyumlari, poyabzal, to’qimachilik mollari ham ishlab chiqariladi. Yiliga o’rtacha 3,7 mlrd. kVt-soat elektr Energi- yasi hosil qilinadi. Qishloq xo’jaligi I. iqtiso-diyotida unchalik yuqori mavqega ega emas. Mamlakat hududining atigi 5— 6% haydaladigan erlardir. Bu erlardan Yi- liga 4 martagacha hosil olish mumkin, biroq suv tanqisligi bunga imkon ber- maydi. Q. x. yalpi ichki mahsulotning 10% ni tashkil etadi. Unda aholining 8-10% mashg’ul. Q. x. erlari, asosan, Iordan da- ryosi bo’ylari va Transiordaniya yasei te- paliklari atrofida joylashgan bo’lib, tsitrus me-valar, olxo’ri, rlma, shafto- li, karam, bodring, baqlajon, qovun, po- midor, tamaki kabilar etishtiriladi. Mamlakatda paxtachilik rivojlangan. Chorvachilik oqsoq tarmoq hisoblanadi. Asosan, qoramol, qo’y va echki boqiladi, biroq em-xashakning etishmasligi, yay- lovlarning kamligi bu tarmoqning ri- vojlanishiga imkon bermaydi. Transporti. I.da avtomobil, t. y., suv va havo transporti keng ri- vojlangan. Avtomobil transportida Ammon—Aqaba, Ammon—Quddus, Am- mon— Damashq, Mafraq— Iroq chegarasi yo’nalishidagi yo’llar muhim ahamiyatga ega. Avtomobil yo’llari uz. — 9 ming km. T. y. transportida esa Ammon — Su- riya chegarasi, Ammon—Alhosa, Alhosa— Aqaba, Maon—Rasnaqab kabi o’nlab t. y. liniyalari mavjud. T. y. uzunligi — 600 km ga yaqin. Suv transportida mamlakat- dagi yagona Aqaba portining mavqei kat- ta. Ikkita yirik aeroport — Ammon va Aqaba aeroportlari mavjud. Mamlakat hududidan Kirkuk (Iroq) — Xayfo (is- roil) va Dahron (Saudiya Arabistoni) — Sayda (Livan) neft quvurlari o’tgan. I. chetga asosan fosfat, fosfat- li va kaliyli o’g’itlar, ishqor, tsement, Mar-Mar, akkumulyatorlar, to’qimachilik buyumlari, parafin, lok, bo’yoqlar, to- zalash moddalari (soda va sovunlar), qandolatchilik mahsulotlari, meva- lar, poliz ekinlari, kimyoviy mollar chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, neft va neft mahsulotlari, don, go’sht va sut mahsulotlari oladi. Ularning 15-20% ni bug’doy, bug’doy uni, sha- kar, go’sht, sut mahsulotlari, 10— 15% ni neft va neft mahsulotlari, 25— 30% ni mashina, asbob-uskuna, elektr jihozlari va mebel tashkil etadi. I. iqtisodiyotida sayyohlik sal-mokli o’rin egallaydi. Savdo-sotikdagi mijozlari: Arab davlatlari (asosan, Saudiya ara- bistoni, Iroq, ku-Vayt), AQSh, ita- liya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston va b. Pul birligi — Iordan dinori. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’- rifiy muassasalari. I.da 6 y.lik boshlang’ich va 6 y.lik o’rta ta’lim bepul va majburiydir. O’quv yurtlari asosan davlatga qaraydi. Xususiy maktablar ham mavjud. Aholining 75% savodli (mustaqillikdan ilgari 80% savodsiz bo’lgan). Maorifga har yili mamla- kat byudjetining 8-10% sarflanadi. Mamlakatda Ammon va Irbid un-tlari, bir qancha in-t va kollejlar bor. Ular- da o’qish pulli. Ammonda i.t.lar kenga- shi, podshohlik ilmiy jamiyati, I. Arab tili akademiyasi mavjud. Ammonda un-t kutubxonasi, Xalq kutubxonasi, arxeo- logiya muzeyi, badiiy galereya, mozaika muzeyi, Islom muzeyi, Xalq muzeyi ish- laydi. Matbuoti, radioeshittirishi va te- leko’rsatuvi. I.da 1909 y.dan boshlab gaz. chika boshlagan. I.da nashr etiladigan asosiy gaz. va jur.lar: «Al-Axbor» («Yan- giliklar», kundalik gaz., 1975 y.dan), «Axbor al-Usbua» («xafta yangilikla- ri», haftalik gaz., 1959 y.dan), «Jordan tayme» («Iordaniya vaqti», ingliz ti- lidagi kundalik gaz., 1975 y.dan), «Al- Yaqza al-Arabiya» («Arab uygonishi», Arab tilidagi gaz., 1991 y.dan), «Al- Aqso» (Quddusdagi masjidning nomi, haftalik jur., 1970 y. dan), «nido al- Vatan» («Vatan chaqi-rig’i», haftanoma). I. axborot agentligi hukumatning ras- miy agentligi bo’lib, 1965 y. tashkil etilgan. I. X°shimiylar Podshohligi radioeshittirish va teleko’rsatuv xiz- mati davlatga ka-rashli bo’lib, 1959 y.da tashkil qilingan. Radioeshittirishlar Arab, ingliz, ispan va ivrit tillarida olib boriladi. I. teleko’rsatuviga 1968 y.da asos solingan. Adabiyoti.I. adabiyoti 19-a.gachaumum- Arab adabiyoti tarkibida rivojlandi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida Yusuf Ziyovuddin al-Xolidiy, Naxliya Zarriq, Xalil Baydos, Xalil al-Sakkokiniy va b.ning ma’rifatparvarlik faoliya- ti kuchaydi. Birinchi «adabiy jamoa» (to’garaklar)lar paydo bo’ldi. Bu davrda iste’dodli publisistlar eti-shib chik- Di. 20-a. 1-yarmida Mustafo Vaxba at- Till va Ibrohim Tukan she’riyatda, Najoti Sidqiy prozada milliy ozod- lik g’oyalarini ifodaladilar. Iskan- dar alhuri al-Baytajali asarlarida, Muhammad ashshariki, Husni Fariz, Muayyad Ibrohim al-eroniy she’rlarida chuqur ijtimoiy muammolar ko’tarildi. 2-jahon urushidan keyin milliy ozod- lik harakatiga bagishlangan she’r, xikoya, qissalar paydo bo’ldi. Mahmud Sayfid- din al-eroniy, Iso Annauri, Muhammad Adib al-Amiriy proza janrida asarlar yozishdi. Keyingi yillarda Samira A’- zam, Abd al-Karim al Karmi (Abu sal- ma), Muin Bsisu, Nazxat Salom, Ismoil Abd al-Rahmon kabi yozuvchilar, Fariz al-Buhayri, Burhoniddin al-Abushiy kabi shoirlar, Fadva Tukan va Salma al- Jausi kabi shoirlar lirikada samarali ijod qildilar. Me’morligi va tasviriy san’ati juda qad. bo’lib, dunyodagi eng ko’hna shaharlar ham I. hududida joylashgan. Bu erlar- da so’nggi paleolit (Kilva qoyalaridagi rasmlar), neolit (xom g’ishtdan qurilgan uylar va tosh istehkomlarning krldi- klari), eneolit va jez davriga oid yod- gorliklar (tosh saganalar, guvala uylar, diniy insho-otlar, toshtaroshlik, sopol va zeb-ziynat buyumlari) saklangan. Mil. AV. 4-a.dan e’tiboran Filadelfiya (hoz. Ammon), Geras (hoz. Jerash) sh.larini loyihalash va qurishda qad. me’morlik va tasviriy san’at an’analariga suya- nildi. Mil. AV. 9-a.ga oid me’moriy va tasviriy san’at yodgorliklari bu o’lkada Misr, Bobil, Ossuriya mada-niyatining ta’siri kuchli bo’lganini ko’rsatadi. Rim xukmronligi davrida ulug’vor exrom, te- atrlar, Vizantiya huk-mronligi davrida cherkov, monastirlar qurilgan, koshin- korlik san’ati avj olgan. Islom dini tarqalishi munosabati b-n maejidlar qurildi, eski ibodatxonalar maejid- larga aylantirildi (Qubbat as-Saxra, al-Aqso mas-jidi va b.). 8-a.da Mshatta, Xirbet al-Mafjar, Kusayr-Amra kabi hashamatli saroylar barpo etildi. Uma- viylar hukmronligi davrida imoratlar- ni qadama naqshlar b-n bezash va turli suratlar chizish udum bo’ldi. 12-14-a. larga oid qal’alar, qo’rg’onlar saqlanib qolgan. I.da 20-a.dan zamonaviy ma’mu- riy va jamoat binolari kurila boshladi. Tasviriy san’at uncha rivoj topma- gan. Xalq san’atida badiiy matolar, kashta, gilam, guldor gazlamalar, sopol, charm, yog’och buyumlar tayyorlash rivojlan- gan. O’zbekiston — I. munosabatla- ri. O’zbekiston Respublikasi b-n I. o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rna-tilgach, siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik rivojlana boshladi. 1993 y. Fev.da I. shahzodasining O’zbekistonga tashrifi va 1996 y.da O’zR tashqi ish- lar va tashqi iqtisodiy aloqalar va- zirliklari delegasiyalarining I.ga rasmiy tashrifi chog’ida savdo va iqti- sodiy hamkorlik, samolyotlar qatnovi to’g’risidagi bitimlar imzolandi. 1994 y.dan ikki mamlakat o’rtasida savdo-so- tiq aloqalari boshlandi. 2000 y.da O’zR b-n I. o’rtasidagi tovar aylanmasi 13,7 ming AQSh dollarini tashkil qildi. I.dan O’zbekistonga yog’va moy, qand- shakar, kakao, kandolat va sabzavot mahsulotlari, qora va rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, opti- ka asboblari, mebel va sh. k. keltiri- ladi. O’zbekiston tomoni turli xizmat- lar ko’rsatadi. O’zRda I. sarmoyadorla- ri ishtirokidagi 14 korxona FA-oliyat ko’rsatayotir, shundan 6 tasi qo’shma kor- xona, 8 tasi 100% Iordan investisiya- si bo’lgan korxonadir. I.ning «Global Biznes» kompaniyasi O’zRda o’z vakolat- xonasini ochgan va ilg’or texnologiyalar marketingi, savdo-sotiq hamda maslahat xizmati ko’rsatish b-n shug’ullanadi. 1996 y.da Toshkentda I. maqsulotlari ko’rgazmasi o’tkazildi. Unda I.ning ko’pgina shirkatlari va ishbilarmonlari qatnashdi. Toshkent oliy maktablarida o’nlab Iordan talabalari o’qimoqda. Podshohlikning ko’pgina fuqarolari O’zRda fan nomzodi dissertasiyasini yoklab ketgan.

O‘xshash so‘zlar

I harfi: barcha so‘zlar