IQTISODIY-EKOLOGIK TIZIMLAR
IQTISODIY-EKOLOGIK TIZIMLAR — ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiatdagi tabiiy jarayonlarning o’zaro bog’liq va o’zaro shartlangan harakatini ifodalaydigan iqtisodiyot va tabiat integratsiyasidir. Iqtisodiy-ekologik munosabatlar — insonlar o’rtasida tabiatdan foydalanish, ekologik tizimlarni tiklash va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlash, ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlardir.