IQTISODIY INQIROZ
IQTISODIY INQIROZ — ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida uzilishlar, nomutanosibliklar yuzaga kelishi. Iqtisodiy inqiroz davrida ayrim tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarishning qisqarishi, baholarning pasayishi yoki ko’tarilishi, ishsizlar sonining ortishi, ish haqining pasayishi, aholi turmush darajasining yomonlashuvi kabi holatlarda namoyon bo’ladi.