IQTISODIY MUAMMOLAR
IQTISODIY MUAMMOLAR — nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish. Har bir iqtisodiyot oldida bir qancha muammolar turadi. Bular — nimani ishlab chiqarish, ya’ni qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish; mahsulotlarni qanday qilib ishlab chiqarish; mahsulotlar jamiyatda qanday taqsimlanishi kerak kabi. Hozirda ushbu muammolarni eng muvofiq qilib hal eta olgan iqtisodiy tizim — bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Chunki unda bu muammolar iste’molchilarning talabidan kelib chiqqan holda eng kam xarajatlar bilan hal etiladi.