IQTISODIY RIVOJLANISHNING “OZBEK MODELI”

IQTISODIY RIVOJLANISHNING “OZBEK MODELI” — 1991-yil 1-sentabrdan mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tgan respublikamizning ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan ilgari surilgan. Uning besh tamoyili mavjud: 1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi va bunda iqtisodiyotning har qanday mafkuradan xoli bo’lishi. 2. Davlat — bosh islohotchi. 3. Qonunning hamma narsadan ustun turishi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat. 5. Bozorga bosqichmabosqich, tadrijiy (evolyutsion) yo’l bilan borish.