IQTISODIYOTNING RAQOBATBARDOSHLIGI

IQTISODIYOTNING RAQOBATBARDOSHLIGI — mamlakat iqtisodiyotining xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o’z о‘mi va mavqeini saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati bo’lib, quyidagilar orqali belgilanadi: mamlakatdagi ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy darajasi, ishlab chiqarish xarajatlari miqdori, ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifati, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, mutlaq va nisbiy ustunliklarning mavjudligi.