IRLANDIYA DENGIZI

IRLANDIYA DENGIZI — Atlantika okeanining chekka dengizi. Buyuk Britaniya oroli bilan Irlandiya oroli oralig’ida. Shimol va San-Georg bo’g’ozlari orqali okean bilan tutashgan. Materik sayozligida joylashgan. Maydoni 47 ming kilometr kvadrat. Chuqurligi 157 metrgacha. Yirik orollari: men va Anglsi. Qirg’oqlarida qo’ltiq va qo’ltiqchalar ko’p. Yil davomida g’arbiy shamollar esib turadi. Qishda bo’ronlar bo’ladi. Suv temperaturasi qishda 5°-16°. Sho’rligi 32%O— 34,5%s. Suv sathining ko’tarilishi har yarim sutkada takrorlanib, balandligi 8,4 metrga yetadi. Baliq ovlanadi. Yirik portlari: Liverpul (Buyuk Britaniya) va Dublin (Irlandiya).