IROKEZLAR

IROKEZLAR — 1) AQSh va Kanadadagi indeys xalqlari guruhi (Irokezlar petunlar, guronlar, chirokilar va boshqalar). Irokez tilida so’zlashadilar. 17-18-asrlarda ko’pchilik xalqlar Irokezlarga qo’shilib ketgan; 2) Irokezlar (o’zlarini xodenosauni deb ataydilar) AQSh (Nyu-York va oklaxoma Shtatlarida 60 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari) va Kanada (Ontario va Kvebek viloyatlarida 30 ming kishi) dagi Irokezlar guruhlaridan iborat xalq. Mongoloid irqiga mansub. Ibtidoiy diniy aqidalarga sig’inadilar, xristianlar ham bor. 16-18-asrlarda Seneka, Xayuga, Onondaga, oneyda, mogauklardan tashkil topgan «irokez ligasi» deb atalmish qabilalar ittifoqini tuzganlar.