ISFARA-BOTKENT ZILZILASI

ISFARA-BOTKENT ZILZILASI -1977 y. 31 yanv. mahalliy vaqt b-n soat 14 dan 26 min. o’tganda bo’lgan kuchli zilzi- la. Zilzila episentri Qirgizistonning Botkent qishlog’i yaqinidagi Burjum tog’ida 20 km chuqurlikda joylashgan. Zilzilaning kuchi episentrda (MSK— 64 o’lchovi bo’yicha) 8 ball, magnitudasi (Rixter bo’yicha) M—6,4 ga etdi. I.-B.z. Isfara, Daxana, Lakkon, Oftobro’y, Qizil-Pilolda 7-8, So’x, Sho’rsuvda 6 — 7, Qo’qon, Xo’jandda 5—b, tosh- kent, Namangan, Andijon, Jizzaxda 4, Samarkand, Dushanbada 3 ball kuch b-n silkindi. Episentral zonadagi barcha imorat va inshootlar katta zarar ko’rdi. 180 km2 maydonda er yoriqlari paydo bo’ldi. Go’zan, Burjum tog’etaklarida qulagan tog’jinslari uyumlari vujud- ga keldi. Oftobro’y qishlog’ida surilma va o’pirilishlar bo’lib ariq va zovurlar tartibsiz buzildi.