Ishga joylashtirish

Ishga joylashtirish — O’zbekiston Respublikasida mehnatga yaroqli aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy, iqtisodiy tusdagi davlat tadbirlari tizimi. Tizimning asosiy vazifasi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mehnat bozorini shakllantirishga ko’maklashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish bilan ta’min etish yuzasidan qo’llab-quvvatlash, qonunga binoan ishsiz deb e’tirof etilganlarning ishga joylashishiga yordam berishdan iborat. Aholining ishga joylashishiga ko’maklashish O’zbekiston Respublikasida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimining tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ishga joylashtirishga oid qonun-qoidalar O’zbekiston MK maxsus qismidagi 5-bobda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida» yangi tahrirdagi qonunida (1998 yil 1 may) belgilangan.