ISHIMBAY
ISHIMBAY — Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasidagi shahar (1940 yildan), oq Idil daryosi (Kama irmog’i)ning har ikkala sohilida. Ufadan 166 kilometr Janubdagi temir yo’l stantsiyasi (Ishim-baevo). Aholisi 71,3 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Neft qazib olinadi va qayta ishlanadi. Neft, neft asbob-uskunalari, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.