ISHLAB CHIQARISH GIMNASTIKASI

ISHLAB CHIQARISH GIMNASTIKASI — kishini sog’lomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ish kuni davomida bajariladigan jismoniy mashqlar majmui. Mashqlar ish jarayonlari xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Amaliyotda Ishlab chiqarish gimnastikasining 2 turi mavjud: 1) odamni ish kuniga tayyorlovchi kirish gimnastikasi; 2) ish vaqtidagi badan tarbiya daqiqalari — bunda o’tirib ishlaydiganlarga yurish, o’tirib turish, belni bukish; tik turib ishlaydiganlarga — oyoq muskullariga dam beruvchi mashklar tanlanadi. Hozirgi aqliy mehnat rivojlangan davrda Ishlab chiqarish gimnastikasining ahamiyati katta.