ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI EGRI CHIZIG‘I

ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI EGRI CHIZIG‘I — iqtisodiyotda to’la bandlik va ishlab chiqarishning boshqa omillaridan to’la foydalanilgan sharoitda ikkita mahsulot (mahsulotlar guruhlari) ni ishlab chiqarishning har xil kombinatsiyalarini ko’rsatuvchi egri chiziq. Bunda ishlab chiqarishning texnologik asosi va yer resurslari doimiydir.